Biz isteʼmol qilgan ozuqadan tanamiz qanday qilib energiya oladi? Hujayralar oziq molekulalaridan qanday qilib energiya olishi, jumladan, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari va ularning ozuqa moddalarini parchalashdagi ahamiyati haqida batafsil bilib oling.
Hujayraviy nafas olishning kichik tafsilotlariga oʻtishdan oldin hujayraviy nafas olishning umumiy koʻrinishi bilan tanishing. Bu jarayonning turli bosqichlari va ular bir-biriga qanday bogʻliq ekanligi haqida batafsil bilib oling.
Glikoliz soʻzi “shakarni maydalash” degan maʼnoni bildiradi va bu metabolik yoʻl glyukoza molekulasini ikkita uch uglerodli molekulaga parchalaydi. Glikoliz bosqichlari va uning hujayraviy nafas olish va bijgʻish jarayonlarida qoʻllanishi bilan tanishing.
Glikoliz davomida glyukoza molekulasidan kam miqdorda energiya ajralib chiqadi, ammo sitrat sikli davomida koʻproq miqdorda energiya ajralishi mumkin. Sitrat sikli bosqichlari, undan energiya ajralishi va atsetil-KoA (glikoliz jarayonida hosil boʻlgan piruvatning oksidlanishidan yuzaga keladi) bilan qanday taʼminlanishi haqida batafsil bilib oling.
Oksidlovchi fosforillanish hujayraviy nafas olishda ATFning asosiy qismini hosil qiladi. Oksidlovchi fosforillanish qanday qilib elektron transporti orqali ATF sintez qilishi bilan tanishing.
Oziq molekulasidan energiya hosil qilishning yana bir yoʻli mavjud! Hujayralar kislorod ishtirokisiz oziq moddalarni qanday parchalashi, glyukozadan tashqari molekulalar hujayraviy nafas olishga qanday kirishi va hujayraviy nafas olishning qanday boshqarilishi haqida batafsil bilib oling.