If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Unit 12: Hujayra boʻlinishi

500 possible mastery points

Boʻlim haqida

Bu boʻlim biologiya kutubxonasining bir qismidir. Mavzular boʻyicha video, maqola va mashqlar bilan tanishib chiqing.
Boʻlinayotgan hujayraning eng asosiy vazifalaridan biri – bu DNK ajralishini muvaffaqiyatli bajara olish. (DNKning notoʻgʻri ajralishi = oʻz funksiyasini yoʻqotgan yoki hatto saraton hujayrasi hosil boʻlishi bilan yakunlanishi mumkin!) Xromosoma shakllanishi uchun DNK va oqsillar oʻzaro qanday jamlanishi, nima uchun turli xil hujayralar turli sondagi xromosomaga ega ekanligi va xromosoma qismlari haqida batafsil bilib oling.
Tasavvur qiling, tirsagingizni tirnab oldingiz. Oh! Biroz noqulay boʻlishidan tashqari, siz bir qancha teri hujayralarini ham yoʻqotdingiz. Qanday qilib tanangiz zarar koʻrgan yoki yoʻqotilganlarini almashtirish uchun yangi hujayralar hosil qiladi? Qolgan hujayralardan ayrimlari yangi, sogʻlom hujayralarni hosil qilish uchun boʻlinishi (mitozga uchrashi) mumkin. Mitoz va hujayralarning qanday boʻlinishi haqida koʻproq bilib oling.
Yuqoridagi koʻnikmalarni egallab,160 tagacha mahorat ballarini toʻplang
Inson tanasining oddiy hujayralari ikkita toʻliq xromosoma toʻplamiga ega boʻlgan bir vaqtda, urugʻ va tuxum hujayralari faqatgina bitta xromosoma toʻplamiga ega boʻladi. Oddiy tana hujayrasi qanday qilib urugʻ yoki tuxum hujayrasini hosil qiladi? Javob meyoz deb ataluvchi ikki bosqichli boʻlinish jarayoni bilan bogʻliq. Meyoz va u odamlarda (va boshqa jinsiy koʻpayuvchi organizmlarda) genetik oʻzgarishlarga qanday hissa qoʻshishi haqida koʻproq bilib oling.
Sizning tanangizdagi hujayralar har doim boʻlinib turadi. Agar ular sogʻlom hujayralar boʻlsa, ularning boʻlinishi ehtiyotkorlik bilan nazorat qilinadi, faqatgina sharoitlar toʻgʻri boʻlganda boʻlinishni davom ettiradi. Aksincha, saraton hujayralari boʻlinishi nazoratsiz kechadi. Hujayra siklini nazorat qilish, saraton hujayralari va oʻzak hujayralari haqida koʻproq bilib oling.
Yuqoridagi koʻnikmalarni egallab,240 tagacha mahorat ballarini toʻplang
Keyingisi:

Oraliq test

Ushbu boʻlimdagi barcha mahoratingizni oshiring va 500 gacha mohirlik ballarini toʻplang!
Biology is brought to you with support from the Amgen Foundation