If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Trigonometrik birlik aylanani takrorlash

Birlik aylanada trigonometrik funksiyalarning taʼrifini takrorlash

Birlik aylanadagi trigonometrik funksiyalar taʼrifi

Birlik aylana sinus va kosinus aniqlanish sohalarini barcha aniq sonlar uchun kengaytirish imkonini beradi. Istalgan θ burchagining sinus/kosinusini aniqlash jarayoni quyidagicha:
  1. (1,0) nuqtadan boshlab siz turgan joyga mos boʻlgan burchakkacha birlik aylana boʻylab yuring. Bunda uchi koordinata boshida boʻlgan kesma musbat x oʻqi bilan θ burchak hosil boʻladi.
  2. sin(θ) sizning nuqtangizning y koordinatasiga, cos(θ) esa x koordinatasiga teng.
Boshqa trigonometrik funksiyalar ularning sinus va kosinus bilan munosabatidan kelib chiqib hisoblanishi mumkin.
Birlik aylana taʼrifi haqida batafsil oʻrganishni xohlaysizmi? Ushbu videoni koʻring.

Ilova: birlik aylanada barcha trigonometrik nisbatlar

Nuqtani koʻchirtirib hosil boʻlgan burchakka mos nisbatlarning oʻzgarishini koʻring.

Tushunganingizni tekshiring

1-masala
sin(50)=
  • Javobingiz quyidagicha boʻlishi kerak:
  • 6 kabi butun son
  • 3/5 kabi soddalashtirilga toʻgʻri kasr
  • 7/4 kabi soddalashtirilgan notoʻgʻri kasr
  • 1 3/4 kabi aralash son
  • 0.75 kabi aniq oʻnli kasr
  • 12 pi yoki 2/3 pi kabi pi ning karralisi