If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Oʻnli kasrlarni foizlarga aylantirishni takrorlash

Oʻnli kasrni foizga va foizni oʻnli kasrga aylantirishni takrorlang.  Keyin mashqlarni bajaring.  

Foiz nimani anglatadi?

Foiz “yuzdan bir”ni anglatadi. Demak, “yuzdan bir”ning oʻrniga foiz belgisini ishlata olamiz.
Masalan:
35%= yuzdan 35=35100

Foizlarni oʻnli kasrlar koʻrinishida yozing

Foizni oʻnli kasr koʻrinishda yozish uchun foizni 100 ga boʻlishimiz kerak.
1-misol
Keling, 42% ni oʻnli kasrga aylantiramiz:
42%= yuzdan 42=42100
42100=yuzdan 42
42%=0,42
2-misol.
Keling, 370% ni oʻnli kasrga aylantiramiz:
370%= yuzdan 370=370100
370100=yuzdan 370
370%=3,7
Foizlarni oʻnli kasrlarga aylantirish haqida koʻproq bilishni xohlaysizmi? Unda ushbu videoni koʻrib chiqing.

Mustaqil bajarish uchun mashqlar

1A-misol
Foizni oʻnli kasr koʻrinshida ifodalang.
92%
  • Javobingiz quyidagicha boʻlishi kerak:
  • 6 kabi butun son
  • 3/5 kabi soddalashtirilga toʻgʻri kasr
  • 7/4 kabi soddalashtirilgan notoʻgʻri kasr
  • 1 3/4 kabi aralash son
  • 0.75 kabi aniq oʻnli kasr
  • 12 pi yoki 2/3 pi kabi pi ning karralisi

Shunga oʻxshash misollarni yechishni xohlaysizmi? Unda ushbu mashqni koʻrib chiqing.

Oʻnli kasrlarni foizlar koʻrinishida yozing.

Oʻnli kasrni foiz koʻrinishida yozish uchun oʻnli kasrni 100 ga koʻpaytiramiz.
1-misol
Keling, 0.03 ni foizga aylantiramiz:
0,03=3100=yuzdan 3
0,03=3%
2-misol.
Keling, 5.8 ni foizga aylantiramiz:
5,8=580100=yuzdan 580
5,8=580%
Oʻnli kasrlarni foizlar koʻrinishida yozish haqida koʻproq bilmoqchimisiz? Ushbu videoni koʻrib chiqing.

Mustaqil bajarish uchun mashqlar

2A-misol
Oʻnli kasrni foiz koʻrinishida ifodalang.
0.31
  • Javobingiz quyidagicha boʻlishi kerak:
  • 6 kabi butun son
  • 3/5 kabi soddalashtirilga toʻgʻri kasr
  • 7/4 kabi soddalashtirilgan notoʻgʻri kasr
  • 1 3/4 kabi aralash son
  • 0.75 kabi aniq oʻnli kasr
  • 12 pi yoki 2/3 pi kabi pi ning karralisi
%

Shunga oʻxshash misollardan koʻproq xohlaysizmi? Ushbu misolni koʻrib chiqing.