If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Koordinata tekisligi qismlarini takrorlash

Koordinata tekisligi boʻlaklarini koʻrib chiqing va bir nechta amaliy mashqlarni bajaring.

Oʻqlar

Koordinata tekisligida bitta gorizontal x oʻqi va bitta vertikal y oʻqi bor.

Koordinatalar boshi

x oʻqi va y oʻqi koordinatalar boshida oʻzaro kesishadi. Koordinatalar boshi (0,0) sonlar juftida joylashgan.

Choraklar

Koordinata tekisligi toʻrtta chorakka boʻlinadi. Koordinata tekisligining faqat musbat koordinatalardan iborat yuqori oʻng qismi birinchi chorak (I chorak) deyiladi. Koordinata tekisligining yuqori chap qismi – ikkinchi chorak (II chorak). Pastki chap qismi – uchinchi chorak (III chorak). Pastki oʻng qismi – toʻrtinchi chorak (IV chorak).
Koordinata tekisliklari haqida koʻproq maʼlumotga ega boʻlmoqchimisiz? Mana bu videoni koʻring.

Mashq bajarish

1-masala
A nuqta koordinata tekisligining qaysi qismida joylashgan?
Bitta javobni tanlang:

Shunga oʻxshash misollardan koʻproq yechmoqchimisiz? Mana bu mashqni ishlab koʻring.