If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Darajali koʻrsatkichlar mavzusiga kirish

Darajali koʻrsatkichlar va asosdan qanday foydalanishni oʻrganing. Masalan, 4 × 4 × 4 × 4 × 4 koʻpaytmani darajali koʻrsatkich koʻrinishida yozishni oʻrganing.
Quyida daraja va asos berilgan:
43
Sonning yuqori oʻng tomoniga kichik hajmda yozilgan son daraja deb ataladi. Darajaning ostidagi son esa asos deyiladi. Ushbu misolda 4 asos, 3 esa darajadir.
Quyidagi misolda 7 asos, 5 esa daraja:
75
Daraja asos oʻziga oʻzi necha marta koʻpaytirilganini anglatadi. Bizning 43 misolda asos 4 oʻziga 3 martta koʻpaytirilayotganini bildiradi:
43=4×4×4
Biz misolni koʻpaytirish shaklida yozib olsak, tushunishimiz osonroq boʻladi. Keling, ushbu misolni birgalikda bajaramiz:
43=4×4×4
43=16×4
43=64
Darajadan foydalanishimizning asosiy sababi katta sonlarni qisqa koʻrinishda ifodalash mumkin. Masalan, quyidagi misolni koʻrib chiqamiz:
2×2×2×2×2×2
Buni yozishga koʻp vaqt ketadi. Yozguncha qoʻllarim ogʻrib ketdi! 2 oʻziga 6 marta koʻpayganini koʻryapmiz. Buni biz osongina qilib 2 ni asos, 6 ni daraja sifatida yozamiz:
2×2×2×2×2×2=26
Keling, darajalarni yaxshi tushunganimizga ishonch hosil qilishimiz uchun baʼzi amaliy mashqlarni ishlab koʻramiz.

Mashqlar toʻplami:

1A-misol
7×7×7 ni daraja koʻrinishida yozing.

Sinovlar toʻplami:

2A-misol
Tengsizlikni >,< yoki = bilan toʻldiring.
25
52