If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Kub ildizlarni takrorlash

Kub ildizlarni takrorlang va bir necha amaliy mashqlarni bajarishga harakat qiling.

Kub ildizlar

Sonning kub ildizi shu raqamni hosil qilish uchun oʻz-oʻziga uch marta koʻpaytirilgan sondir.
Kub ildiz ushbu A3 belgi bilan ifodalanadi.
Kub ildizni topish sonni uchinchi darajasiga oshirishga teskari amaldir.
Masalan:
3×3×3 = 33=27
Demak, A273 = 3
Kub ildizni topish haqida koʻproq oʻrganishni xohlaysizmi? Unda ushbu videoni koʻrib chiqing.

Kub ildizlarni topish

Agar biz qaysi son oʻz-oʻziga uch marta koʻpaytirilganini topa olmasak, unda sonni tub koʻpaytuvchilarga ajratib chiqamiz.
Masalan:
A643=?
Quyida 64 soni tub koʻpaytuvchilarga ajratilgan:
Demak, 64 sonining tub koʻpaytuvchilari 2×2×2×2×2×2 ekan.
Biz A643 ni topmoqchimiz, yaʼni tub koʻpaytuvchilarni uchta bir xil guruhga ajratmoqchimiz.
Koʻpaytuvchilarni quyidagicha qayta guruhlashimiz mumkin:
64=2×2×2×2×2×2=(2×2)×(2×2)×(2×2)
Yaʼni (2×2)3=43=64.
Shunday qilib, A643 soni 4 ga teng.

Mashq bajarish

1-masala
A1253=?
  • Javobingiz quyidagicha boʻlishi kerak:
  • 6 kabi butun son
  • 3/5 kabi soddalashtirilga toʻgʻri kasr
  • 7/4 kabi soddalashtirilgan notoʻgʻri kasr
  • 1 3/4 kabi aralash son
  • 0.75 kabi aniq oʻnli kasr
  • 12 pi yoki 2/3 pi kabi pi ning karralisi

Yanada koʻproq misollarni ishlashni xohlaysizmi? Unda ushbu mashqni bajaring: Kub ildizlarni topish
Yoki ushbu mashqni bajaring: Kvadrat va kub ildizlarga oid tenglamalar