Asosiy kontent
Boshlangʻich algebra
Course: Boshlangʻich algebra > Unit 9
Lesson 11: Bir bosqichli koʻpaytirish va boʻlish tenglamalari- Boʻlish yordamida yechiladigan bir qadamli tenglamalar
- Koʻpaytirish yordamida yechiladigan bir qadamli tenglamalar
- Koʻpaytirish va boʻlish yordamida yechiladigan bir qadamli tenglamalar
- Koʻpaytirish va boʻlish yordamida yechiladigan bir qadamli tenglamalar
- Koʻpaytirish va boʻlish yordamida yechiladigan bir bosqichli tenglamalar: oddiy va oʻnli kasrlar
© 2023 Khan AcademyFoydalanish shartlariMaxfiylik siyosatiCookie Notice
Koʻpaytirish va boʻlish yordamida yechiladigan bir qadamli tenglamalar
"4x = 20" yoki "y/3 = 7" kabi tenglamalarni yechishni oʻrganing.
Biz tenglama toʻgʻri boʻlishi uchun uning ikkala tomonida bir xil amal bajarish kerakligini bilamiz.
Ammo tenglamaning ikkala tomoni uchun qanday amallardan foydalanamiz?
Koʻpaytirish va boʻlish teskari amallardir.
Quyida boʻlish koʻpaytirishning teskari amali ekaniga misol keltirilgan:
Agar 7 ni 3 ga koʻpaytirsak, soʻng 3 ga boʻlsak, yana 7 ga qaytamiz:
Quyida koʻpaytirish boʻlishning teskari amali ekaniga misol keltirilgan:
Agar 8 ni 4 ga boʻlsak, soʻng 4 ga koʻpaytirsak, yana 8 ga qaytamiz:
Koʻpaytirishga oid tenglamani teskari amallardan foydalanib yechish
Quyidagi tenglamada t ni qanday topish mumkinligini oʻylab koʻraylik:
t ni tenglamaning chap tomonida oson topmoqchimiz. Xoʻsh, 6 ga koʻpaytirishni bekor qilish uchun nima qilishimiz kerak?
Koʻpaytirishning teskari amali boʻlish boʻlgani sababli 6 ga boʻlamiz!
Quyida qanday qilib ikkala tomonni 6 ga boʻlish koʻrsatilgan:
Javobni tekshiramiz.
Xato qilmaganimizni tekshirish uchun asosiy tenglamaga yechimni qoʻyib koʻramiz:
Ha, t, equals, start color #1fab54, 9, end color #1fab54 toʻgʻri yechim!
Boʻlishga oid tenglamani teskari amallardan foydalanib yechish
Endi sal boshqacha tenglamani yechib koʻramiz:
x ni tenglamaning chap tomonida oson topmoqchimiz. Xoʻsh, 5 ga boʻlishni bekor qilish uchun nima qilishimiz kerak?
Boʻlishning teskari amali koʻpaytirish boʻlgani sababli 5 ga koʻpaytiramiz!
Quyida qanday qilib ikkala tomonni 5 ga koʻpaytirish koʻrsatilgan:
Javobni tekshiramiz.
Ha, x, equals, start color #1fab54, 35, end color #1fab54 toʻgʻri yechim!
Koʻpaytirish va boʻlishga oid tenglamalarni yechishni umumlashtiramiz.
Ajoyib! Koʻpaytirish va boʻlishga oid tenglamalarni yechib chiqdik. Endi ularni umumlashtiramiz:
Tenglama turi | Namuna | Birinchi qadam |
---|---|---|
Koʻpaytirishga oid tenglama | 6, t, equals, 54 | Ikkala tomonni 6 ga boʻlamiz. |
Boʻlishga oid tenglama | start fraction, x, divided by, 5, end fraction, equals, 7 | Ikkala tomonni 5 ga koʻpaytiramiz. |
Tenglamalarni yechamiz.
Muhokamaga qoʻshilmoqchimisiz?
Hozircha izohlar yoʻq.