If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Tenglamalar mavzusiga kirish

Tenglama va uning yechimi, ularning maʼnolari haqida tushuncha hosil qiling.

Tenglama nima?

Tenglama ikkita ifoda tengligini bildiruvchi tushunchadir. Masalan, 5+3 ifoda 6+2 ga teng (chunki ikkisi ham 8 ga teng), bundan quyidagi tenglamani yozishimiz mumkin:
5+3=6+2
Quyida yana ikkita tenglamaga misol keltirilgan:
62=3+1
74=3
Ifoda va tenglama orasidagi farqni bilishimizga amin boʻlaylik.
Qaysi biri tenglama?
Bitta javobni tanlang:

Toʻgʻri tenglamalar

Yuqorida koʻrgan tenglamalarimizning oʻng va chap tomonlari teng boʻlgani sababli ular toʻgʻri tenglamalardir. Keling, toʻgʻri tenglamalar nima ekanligini tushunganimizga amin boʻlaylik.
Qaysi biri toʻgʻri tenglama?
Toʻgʻri keladigan barcha javoblarni tanlang:

Algebraik tenglamalarning yechimi

Yuqorida koʻrgan barcha tenglamalarimiz faqat sonlardan iborat edi, ammo aksariyat tenglamalarda nomaʼlum oʻzgaruvchi ham boʻladi. Masalan, x+2=6 tenglamada nomaʼlum had mavjud. Agar shu kabi oʻzgaruvchiga ega tenglama berilgan boʻlsa, biz uni algebraik tenglama deb ataymiz.
Odatda algebraik tenglamada asosiy maqsadimiz tenglama toʻgʻri boʻlishi uchun oʻzgaruvchining qiymati qanday boʻlishini aniqlashdir.
x+2=6 tenglamada qanday qilib x=4 toʻgʻri, x=3 esa notoʻgʻri tenglikni hosil qilishiga eʼtibor bering.
Toʻgʻri tenglamaNotoʻgʻri tenglama
x+2=64+2=?66=6 x+2=63+2=?656
=? belgisini tenglama toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekaniga amin boʻlmagan holda ishlatamiz.
Toʻgʻri tenglama hosil qiluvchi oʻzgaruvchi qiymati tenglamaning yechimi deb ataladi. Misolimizga qaytsak, x=4 toʻgʻri tenglama hosil qilganligidan x+2=6 tenglamaning yechimi boʻladi.

Keling, misollarni yechaylik.

1-masala
Tenglamaning yechimlarini belgilang.
3+g=10
Bitta javobni tanlang: