Asosiy kontent
Boshlangʻich algebra
Course: Boshlangʻich algebra > Unit 9
Lesson 12: Bir bosqichli tenglamalarga oid masalalar- Bir bosqichli tenglamalarni modellash
- Bir bosqichli tenglamalarga oid masalalar: super yoga (2 ning 1-si)
- Bir bosqichli tenglamalarga oid masalalar: super yoga (2 ning 2-si)
- Bir bosqichli tenglamalarni modellash
- Bir bosqichli tenglamalarni takrorlash
© 2023 Khan AcademyFoydalanish shartlariMaxfiylik siyosatiCookie Notice
Bir bosqichli tenglamalarni takrorlash
Ikki bosqichli tenglamalar yechilishida ikkita bosqich talab qilinadigan algebraik tenglamalardir. Siz tenglamani oʻzgaruvchi alohida berilganida va barobar belgisidan bir tarafda hech qanday sonlarsiz oʻzi qolganda yechdingiz.
Bir nomaʼlumli tenglamalar nima?
Bir nomaʼlumli tenglamalar – siz bir bosqichda yechadigan algebraik tenglamalardir. Uni yechsangiz, tenglamaning yechimini ham topgan boʻlasiz.
Bir nomaʼlumli tenglamani yechish uchun biz oʻzgaruvchining yonida turgan songa teskari (qarama-qarshi) amalni bajaramiz va oʻzgaruvchining oʻzini qoldiramiz. Qarama-qarshi amallar:
- Qoʻshish va ayirish
- Koʻpaytirish va boʻlish
Yodda tutish kerak boʻlgan eng muhim narsa shuki, tenglamaning bir tarafiga nimadir oʻzgartirish kiritsangiz, ikkinchi tomonida ham ayni shu ishni takrorlashingiz kerak.
Bir nomaʼlumli tenglamalarni yechish haqida koʻproq oʻrganmoqchimisiz? Ushbu videoni koʻrib chiqing.
Misol: qoʻshish amali qatnashgan bir nomaʼlumli tenglama
Quyidagi tenlamada k ni toping:
Biz tenglamaning chap tarafida k ning oʻzini qoldirishimiz kerak. Hozir k ga 18 qoʻshilgan holda turibdi, biz tenglamaning ikkala tarafidan ham 18 ni ayirishimiz kerak. Bu quyidagicha boʻladi:
Misol: boʻlish amali qatnashgan bir nomaʼlumli tenglama
Quyidagi tenglamada x ni toping:
Biz tenglamaning chap tarafida x ning oʻzini qoldirmoqchimiz. Ayni vaqtda x imiz 4 ga boʻlingan holda turibdi, biz tenglamaning ikkala tarafini ham 4 ga koʻpaytirishimiz kerak. Quyidagicha:
Mustaqil bajarish uchun mashqlar
Bir nomaʼlumli tenglamalarga oid misollardan yana ishlashni xohlaysizmi? Unda ushbu mashqni bajaring.
Muhokamaga qoʻshilmoqchimisiz?
Hozircha izohlar yoʻq.