If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Oʻnli kasrlarning kengaygan shakli tahlili

Oʻnli kasrlarni yozma koʻrinishda yozishni tahlil qiling va mavzu yuzasidan misollar yechib koʻring.

Yozma shakl

Yozma shakl raqamlarni faqat soʻzlar yordamida yozishdir.

Misol

3.405 sonini soʻz bilan yozib koʻramiz.
Birlik.OʻnlikYuzlikMinglik
3.405
3,405=3 birlik+  mingdan 405
Dastlab oʻnli kasrni chapidagi sondan oʻqiymiz.
Uch
Keyin, oʻnli kasrni "butun" tarzida davom ettiramiz.
Uch butun
Soʻng oʻnli kasrning oʻng tomonidagi sonlarni qiymati eng kattasidan oʻngga qarab oʻqiymiz.
Uch butun mingdan  toʻrt yuz besh
3.405 soʻz bilan yozilganda uch butun mingdan toʻrt yuz besh boʻladi.
Yozma shakl haqida koʻproq maʼlumotga ega boʻlmoqchimisiz? Unda ushbu videoni koʻring.

Mashq bajarish

1-masala
Ushbu sonni oʻnli kasr koʻrinishida yozing.
Toʻqqiz butun mingdan uch yuz yigirma bir
  • Javobingiz quyidagicha boʻlishi kerak:
  • 6 kabi butun son
  • 0.75 kabi aniq oʻnli kasr
  • 3/5 kabi soddalashtirilga toʻgʻri kasr
  • 7/4 kabi soddalashtirilgan notoʻgʻri kasr
  • 1 3/4 kabi aralash son

Shu turdagi misollardan yana ishlab koʻrmoqchimisiz? Unda ushbu mashqni bajaring.