Asosiy kontent
Boshlangʻich algebra
Course: Boshlangʻich algebra > Unit 1
Lesson 5: Arifmetik xossalar- Koʻpaytirish xossalari
- Koʻpaytirish uchun xossalar va namunalar
- Qoʻshishning oʻrin almashtirish qonuni
- Koʻpaytirishning oʻrin almashtirish qonuni
- Koʻpaytirishning oʻrin almashtirish xossasi
- Koʻpaytirishning oʻrin almashtirish xossasini takrorlash
- Qoʻshishning guruhlash qonuni
- Koʻpaytirishning guruhlash qonuni
- Koʻpaytirishning guruhlash xossasi
- Koʻpaytirishning guruhlash xossasini takrorlash
- 1 ga koʻpaytirish xossasi
- 0 ga qoʻshish xossasi
- Qarama-qarshi sonlarni qoʻshish xossasi
- Oʻzaro teskari sonlarni koʻpaytirish xossasi
- Qoʻshish xossalari
- Koʻpaytirish xossalari
© 2023 Khan AcademyFoydalanish shartlariMaxfiylik siyosatiCookie Notice
Koʻpaytirish xossalari
Koʻpaytirishning oʻrin almashtirish, guruhlash va 1 ga koʻpaytirish xossalarini oʻrganing.
Ushbu maqolada koʻpaytmaning uchta asosiy xossasini oʻrganamiz. Quyida ushbu xossalarning qisqacha xulosasi berilgan:
Koʻpaytirishda oʻrin almashtirish xossasi : Koʻpaytuvchilarning oʻrnini almashtirish natijani oʻzgartirmaydi. Masalan, 4, times, 3, equals, 3, times, 4.
Koʻpaytirishda guruhlash xossasi: Koʻpaytuvchilarning guruhlanishini oʻzgartirish natijani oʻzgartirmaydi. Masalan, left parenthesis, 2, times, 3, right parenthesis, times, 4, equals, 2, times, left parenthesis, 3, times, 4, right parenthesis.
Koʻpaytmaning 1 soniga oid xossasi: 1 va boshqa har qanday sonning koʻpaytmasi shu sonning oʻziga teng. Masalan, 7, times, 1, equals, 7.
Koʻpaytmada oʻrin almashtirish xossasi
Koʻpaytmada oʻrin almashtirish xossasiga koʻra, koʻpaytuvchilarning oʻrnini almashtirish natijani oʻzgartirmaydi. Masalan:
Oʻrinlar almashtirilganiga qaramasdan ikkala natija ham 12 ga teng boʻlganiga diqqat qiling.
Quyida koʻproq koʻpaytuvchi qatnashgan boshqa bir misol:
Ikkala natija ham 24 ga teng boʻlganiga diqqat qiling.
Koʻpaytmada guruhlash xossasi
Koʻpaytmada guruhlash xossasiga koʻra, koʻpaytuvchilarning guruhlanishini oʻzgartirish natijani oʻzgartirmaydi. Masalan:
Qavslar qaysi amalni birinchi bajarish kerakligini bildirishini yodda tuting. Shunday qilib, chapdagi qoʻshishni quyidagicha hisoblaymiz:
Va oʻngdagi qoʻshishni quyidagicha hisoblaymiz:
Birinchi 2 va 3 ni chap tomonda va 3 va 4 ni ham birinchi oʻng tomonda koʻpaytirsak ham, ikkala tomon natijasi 24 ga teng boʻlganiga diqqat qiling.
Koʻpaytmaning 1 soniga oid xossasi
Koʻpaytmaning 1 soniga oid xossasiga koʻra, 1 va boshqa har qanday sonning koʻpaytmasi shu sonning oʻziga tengdir. Quyida misol keltirilgan:
Koʻpaytmaning oʻrin almashtirish xossasiga asosan, 1 va unga koʻpaytirilayotgan sonning oʻrinlari almashtirilsa ham, natija oʻzgarmaydi. Quyida 1 soni unga koʻpaytirilayotgan sondan oldin keltirilgan misol berilgan:
Muhokamaga qoʻshilmoqchimisiz?
Hozircha izohlar yoʻq.