If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Aylanishlarni aniq belgilash

Aylanishlarni iloji boricha aniqroq hisoblash uchun talaba va oʻqituvchi dialogini oʻqing.
Quyidagi muloqot oʻqituvchi va talaba oʻrtasida boʻlib oʻtadi. Ularning maqsadlari aniq matematik amallardan foydalanib umumiy maʼnoda figuralarning nuqtaga nisbatan koʻchishini ifodalashdan iborat. Koʻrasizki, talabalar oʻzlarining taʼriflariga yanada oydinlik kiritish uchun uni qayta va qayta koʻrib chiqishlari lozim. Zavq oling!
Oʻqituvchi:
Bugun biz nuqtaga nisbatan koʻchishlar qanday sodir boʻlishini umumiy tarzda tasvirlashga harakat qilamiz.
Bizdan P nuqtaga nisbatan θ darajada koʻchirish soʻralgan boʻlsin. Siz ushbu nuqtaga nisbatan koʻchishning A boshqa nuqtaga taʼsirini qanday izohlaysiz?
Talaba:
Bu bilan nima demoqchisiz? Men bu haqida hech narsa bilmasam, aylanish Aga qanday taʼsir qilishini qayerdan bilsam boʻladi?
Oʻqituvchi:
Siz nuqtaga nisbatan koʻchish haqida hech nima bilmasligingiz rost, ammo barcha koʻchishlar bir xil yoʻsinda namoyon boʻladi. Nuqtaga nisbatan koʻchish A nuqtaga qanday taʼsir etishini ifodalashning biror usuli haqida oʻylab koʻring-chi?
Talaba:
Hmmm...Oʻylab koʻraychi...Xoʻsh, mening fikrimcha A nuqta P nuqtaga nisbatan turli holatlarda siljiydi. Masalan, agar A nuqta P nuqtaning oʻng tomonida turgan boʻlsa, balki u hozir P nuqtaning ustida yoki shunga oʻxshash siljiydi. Bu θ burchak kattaligiga bogʻliq.
Oʻqituvchi:
Qoyil! Hozir aytganlaringizni quyidagicha tasvirlashimiz mumkin:
Nuqtaga nisbatan koʻchish A nuqtani B nuqtaga koʻchirsin, soʻngra PA va PB kesmalar orasidagi burchak θ boʻlsin.
Talaba:
Ha, men bu taʼrifga qoʻshilaman.
Oʻqituvchi:
Eslab qoling, matematikada aniqlikka asoslanishimiz kerak. Bu yerda θ burchakka teng boʻlgan P hosil qilishning bitta yoʻli bor xolosmi?
Talaba:
Koʻray-chi...Yoʻq, bunday burchak hosil qilishning ikki xil usuli mavjud: soat yoʻnalishi boʻylab va soat yoʻnalishiga qarshi.
Oʻqituvchi:
Toʻgʻri! Bizning koʻchishimiz soat yoʻnalishiga qarshi va taʼrifimiz buni tan olishi kerak:
P nuqtaga nisbatan θ darajaga koʻchish har qanday A nuqtani soat yoʻnalishiga qarshi B nuqtaga siljitadi, bu yerda mAPB=θ.
Albatta, agar θ manfiy darajada berilsa, koʻchish qarama-qarshi yoʻnalishda, yaʼni soat yoʻnalishi boʻylab boʻladi.
Talaba:
Ajoyib. Biz tugatdikmi?
Oʻqituvchi:
Siz menga ayting. Taʼrif A tasvirlangan joyni mutlaqo aniq koʻrsatishi kerak. Boshqacha aytganda, B tavsifga mos keladigan faqat bitta nuqta boʻlishi kerak.
θ burchakka teng boʻlgan soat yoʻnalishiga teskari burchak hosil qiluvchi faqat bitta nuqta mavjudmi?
Talaba:
Oʻylashimcha...Toʻxtang! Yoʻq! Bunday burchak hosil qiluvchi koʻplab nuqtalar mavjud! P nuqtadan chiquvchi nurda yotadigan har qanday nuqta A bilan θ burchak hosil qiladi.
Oʻqituvchi:
Yaxshi kuzatuv! Shunday qilib, taʼrifimizga oydinlik kiritish yoʻllarini oʻylay olasizmi?
Talaba:
Ha, θ burchakka teng boʻlish bilan birga, P nuqtadan masofa bir xil qolishi kerak. Oʻylaymanki, siz buni matematik amallar bilan PA=PB tarzida aniqlashingiz mumkin.
Oʻqituvchi:
Yaxshi ish! Barcha amallarimizni quyidagi taʼrif bilan xulosalashimiz mumkin:
P nuqtaga nisbatan θ darajaga koʻchish har qanday A nuqtani soat yoʻnalishiga qarshi B nuqtaga siljitadi, bu yerda PA=PB va mAPB=θ.
Talaba:
Qoyil, bu juda aniq!
Oʻqituvchi:
Haqiqatan. Bonus sifatida nuqtaga nisbatan koʻchishni aniqlashning boshqa usulini koʻrsatay:
P nuqtaga nisbatan θ darajada koʻchish istalgan A nuqtani soat yoʻnalishiga teskari B nuqtaga shunday siljitadiki, A va B nuqtalar markazi P boʻlgan aylanada yotadi va mAPB=θ.
Talaba:
Ha, bu ham ish beradi, chunki aylanadagi barcha nuqtalar markazdan bir xil masofada joylashgan.
Oʻqituvchi:
Bu toʻgʻri! Bu ikki taʼrif orasidagi asosiy farq shundaki, birinchisi kesmadan foydalansa, ikkinchisi aylanadan foydalanadi.
Talaba:
Qoyil. Shundaymi?
Oʻqituvchi:
Ha. Oʻylaymanki, nuqtaga nisbatan koʻchishni qoʻlimizdan kelganicha aniq taʼrifladik.