Asosiy kontent
Geometriya
Course: Geometriya > Unit 1
Lesson 2: Yevklid almashtirishlari mavzusiga kirishKoʻchirish haqida tushuncha
Koʻchirishlar nima ekani va ushbu interfaol vidjetda qanday tasvirlanishini oʻrganing.
Parallel koʻchirish nimaligini tushunish uchun berilgan nuqtani turli tomonlarga siljitib koʻring.
Qoyil! Siz nuqtani parallel koʻchirdingiz. Geometriyada parallel koʻchirish orqali biror narsani yuqoriga, pastga, chapga yoki oʻngga olib oʻtish mumkin.
Bu yerda ushbu kesmani oxirgi nuqtadan emas, oʻrtasidan surib parallel koʻchirishga harakat qiling:
Surganingizda kesmaning yoʻnalishi va uzunligi oʻzgarmasdan qolganiga eʼtibor bering. Parallel koʻchirishlar jismlarni faqat bir joydan ikkinchi joyga koʻchiradi; ular jismlarning oʻlchami, joylashtirilishi yoki yoʻnalishiga taʼsir koʻrsatmaydi.
Parallel koʻchirishga oid asosiy tushunchalarni ham bilib oldik. Endi ulardan koordinata tekisligida foydalanishni oʻrganamiz.
Koordinata tekisligida parallel koʻchirish
Koordinatalar parallel koʻchirishni juda aniqlik bilan amalga oshirish imkonini beradi.
Koordinatalarsiz “biz start color #11accd, B, end color #11accd ni pastga va oʻngga parallel koʻchirish orqali start color #ca337c, B, prime, end color #ca337cni hosil qilamiz” degan boʻlardik.
Ammo bu juda aniq emas. Agar koordinatalar toʻridan foydalansak, ancha aniqroq qilib, "start color #11accd, B, end color #11accd ni 5 birlik oʻngga va 4 birlik pastga parallel koʻchirish orqali start color #ca337c, B, prime, end color #ca337cni hosil qilamiz" desak boʻladi.
Qisqa qilib, buni biz open angle, 5, comma, minus, 4, close angle ga parallel koʻchirish deb taʼriflashimiz mumkin.
4 raqami oldidagi manfiylik belgisi vertikal siljish yuqoriga emas pastga boʻlishini koʻrsatadi. Xuddi shu kabi parallel koʻchirish chap tomonga amalga oshirilishini birinchi qiymatning oldida turgan manfiylik belgisi koʻrsatib beradi.
Oldingi va keyingi tasvirlar
Har qanday koʻchirishimizda bizda oldingi tasvir, yaʼni biz koʻchirishni
amalga oshirayotgan shakl va oʻzgartirish natijasi boʻlgan keyingi tasvir mavjud. Masalan, bizning koʻchrishimizda oldingi nuqta start color #11accd, B, end color #11accd va yangi hosil boʻlgan nuqta start color #ca337c, B, prime, end color #ca337c edi.
Eʼtibor bering, biz start color #ca337c, B, prime, end color #ca337c nuqtani B shtrix deb nomlab oldik. Koʻchirishlar bilan ishlayotganimizda yangi va oldingi shakllar uchun bir xil harf ishlatib, koʻchgan shakl oldiga shunchaki “shtrix” soʻzini qoʻshib aytish oddiy holdir.
Keling, bir nechta mavzuga oid mashqlarni bajarib koʻramiz.
1-misol
2-mashq
Murakkab masala
Muhokamaga qoʻshilmoqchimisiz?
Hozircha izohlar yoʻq.