If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Masofani topish formulasi

Ikki nuqta oraligʻidagi masofani topish uchun qoʻllanadigan umumiy formulani topish
Koordinata tekisligida yotgan ikkita nuqta (x1,y1) va (x2,y2) orasidagi masofa quyidagi formula orqali hisoblanadi:
(x2x1)2+(y2y1)2
Ushbu maqolada mazkur formulani oʻzimiz keltirib chiqaramiz!

Masofa formulasini keltirib chiqarish

Keling, ishni oldin (x1,y1) va (x2,y2) nuqtalarni yasashdan boshlaymiz.
Ikki nuqtani birlashtirib turgan kesmaning uzunligi ular orasidagi masofa boʻladi:
Biz masofani topmoqchimiz. Agar toʻgʻri burchakli uchburchak yasab olsak, Pifagor teoremasidan foydalanish imkoni boʻladi!
Asos uzunligini x2x1 ifodasi orqali topish mumkin:
Xuddi shu tarzda, balandlik uzunligini y2y1 ifodasi orqali topamiz:
Endi esa, tenglama tuzish uchun Pifagor teoremasidan foydalanishimiz mumkin:
?2=(x2x1)2+(y2y1)2
Har ikkala tomonni kvadrat ildizga olib, ? ning qiymatini topishimiz mumkin:
?=(x2x1)2+(y2y1)2
Ana boʻldi! Biz masofa formulasini keltirib chiqardik!
Qizigʻi, koʻpchilik ushbu formulani yodlab oʻtirmaydi. Buning oʻrniga, ular ikki nuqta orasidagi masofani topish zarur boʻlganda toʻgʻri burchakli uchburchak yasab, Pifagor teoremasidan foydalanishadi.