If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Tanga pullarni takrorlash

Tanga pullarning turlari haqidagi maʼlumotni takrorlang va olgan bilimlaringizni tajribada sinab koʻring.

AQSH tangasi

Amerikada eng koʻp ishlatiladigan tangalar quyidagilardir: chorak, daym, nikel va 1 sentlik penni.

Chorak tangalar

Chorak tanganing qiymati 25 sent. Quyida chorak tanga uchun namuna keltirilgan.

Daym

Daym tanganing qiymati 10 sent. Quyida daym tanga uchun namuna keltirilgan.

Nikel

Nikel tanganing qiymati 5 sent. Quyida nikel tanga uchun namuna keltirilgan.

Penni

Penni tanga qiymati 1 sent. Quyida penni tanga uchun namuna keltirilgan.
Amerika tangalari haqida koʻproq bilishni istaysizmi? Bu yerdagi videoni koʻrishni tavsiya etamiz.

Tangalarni hisoblash

Keling, biror masalani koʻrib chiqamiz.
Quyidagi tanglarning umumiy qiymati qancha?
Bir chorak tanga 25 sentga teng.
25 sent
Bir daym 10 sentga teng va bizda 2 ta daym bor. 25 sentga 10 sentdan ikki marta qoʻshib hisoblasangiz:
25,35,45 sent
Bir nikel 5 sentga teng, bizda esa 2 ta nikel tanga bor. 45 sentga 5 sentdan ikki marta qoʻshib hisoblasangiz:
45,50,55 sent
Bir penni 1 sentga teng, bizda esa 4 ta penni tanga bor. 55 sentga 1 pennidan qoʻshib hisoblasangiz:
55,56,57,58,59
Tangalarning umumiy qiymati 59 sent.

Mashq bajarish

1-masala
Quyidagi tanglarning umumiy qiymati qancha?
  • Javobingiz quyidagicha boʻlishi kerak:
  • 6 kabi butun son
  • 0.75 kabi aniq oʻnli kasr
  • 3/5 kabi soddalashtirilga toʻgʻri kasr
  • 7/4 kabi soddalashtirilgan notoʻgʻri kasr
  • 1 3/4 kabi aralash son
sent

Shunday mashqlarni koʻproq ishlashni istaysizmi? Unda bu yerga oʻting.