If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Chiziqli grafiklar boʻyicha takrorlash

Chiziqli grafiklar boʻyicha asosiy tushunchalarni takrorlang hamda ularni tuzish va oʻqishni mashq qiling.

Chiziqli grafiklar nima?

Chiziqli grafik bu ma’lumotlarni raqamlar orqali ifodalash usulidir.
Chiqizli grafiklar nuqtali grafiklar ham deb ataladi.
Quyida 17 ta toshbaqaning bir soat ichida bosib oʻtgan masofasi chiziqli grafik asosida keltirilgan (bu yerda 17 ta nuqtadan 17 ta toshbaqa borligini bilsak boʻladi).
21 soni ustidagi 3 ta nuqta 3 ta toshbaqa bir soatda 21 metr bosib oʻtganini bildiradi.
Chiziqli grafiklar haqida koʻproq bilishni istaysizmi? Bu yerdagi videolarni koʻrishni tavsiya etamiz.

Maʼlumotlarni chiziqli grafik orqali ifodalash

Maʼlumotlarni chiziqli grafik orqali ifodalash uchun har bir keltirilgan son ustiga nuqta (yoki X) qoʻyamiz. Agar sonlar ikki marta kelsa, oʻsha son ustiga ikki marta nuqta qoʻyamiz.
Masalan, maʼlumotlar quyidagi 4, comma, 5, comma, 5, comma, 6 sonlari bilan berilgan boʻlsa:
Maʼlumotlarni chiziqli grafik orqali ifodalashni koʻproq bilishni istaysizmi? Bu yerdagi videolarni koʻrishni tavsiya etamiz.

1-mashq: Chiziqli grafikni oʻqish

1A-misol
  • Joriy
Oʻzga sayyoraliklarning qoʻl uzunliklari quyida koʻrsatilgan.
Nechta oʻzga sayyoralikning qoʻli 96 santimetrdan uzun?
  • Javobingiz quyidagicha boʻlishi kerak:
  • 6 kabi butun son
  • 0, point, 75 kabi aniq oʻnli kasr
  • 3, slash, 5 kabi soddalashtirilga toʻgʻri kasr
  • 7, slash, 4 kabi soddalashtirilgan notoʻgʻri kasr
  • 1, space, 3, slash, 4 kabi aralash son
ta oʻzga sayyoralikning qoʻli

Bu masala boʻyicha koʻproq mashq qilishni istasangiz, bu yerga bosing.

2-mashq: Maʼlumotlarni chiziqli grafik orqali ifodalash

2A-misol
  • Joriy
5 ta doʻst marjon yasashdi.
Ularning uzunligi 52, 51, 52, 54 va 52 santimetr edi.

Uzunliklar boʻyicha chiziqli jadval tuzing.

Bu masala ustida koʻproq mashq qilishni istasangiz, bu yerga bosing.
Maʼlumotlarni chiqizli grafik bilan ifodalash