If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Uchburchak turlari: takrorlash

Uchburchaklarni burchaklari va tomonlari uzunligiga koʻra turlarga ajratishni takrorlang. Uchburchaklarni turlarga ajratishni mashq qiling.

Uchburchaklarni burchaklariga koʻra turlarga ajratish

Oʻtkir burchakli uchburchaklar

Oʻtkir burchakli uchburchak har biri 90dan kichik boʻlgan 3 ta burchakka ega. Quyida oʻtkir burchakli uchburchaklardan namunalar keltirilgan.

Toʻgʻri burchakli uchburchaklar

Toʻgʻri burchakli uchburchakning 1 ta 90li burchagi va 2 ta oʻtkir burchagi bor. Quyida toʻgʻri burchakli uchburchaklardan namunalar keltirilgan.

Oʻtmas burchakli uchburchaklar

Oʻtmas burchakli uchburchak bitta 90dan katta va 2 ta oʻtkir burchakka ega. Quyida oʻtmas burchakli uchburchaklardan namunalar berilgan.
Uchburchaklarning turlari haqida koʻproq bilmoqchimisiz? Mana bu videoni koʻring.
1A-misol
PQR ning burchaklariga koʻra turini aniqlang.
Bitta javobni tanlang:

Ushbu turdagi misollarni koʻproq echishni istaysizmi? Mana bu misolni bajarib koʻring.

Uchburchaklarni tomonlariga koʻra turlarga ajratish

Teng tomonli uchburchaklar

Teng tomonli uchburchak uchta oʻzaro teng tomonga ega. Quyida teng tomonli uchburchaklardan namunalar keltirilgan.

Teng yonli uchburchaklar

Teng yonli uchburchak kamida ikkita oʻzaro teng tomonga ega. Quyida teng yonli uchburchaklardan namunalar berilgan.

Turli tomonli uchburchaklar

Turli tomonli uchburchakning tomonlari oʻzaro teng boʻlmaydi. Quyida turli tomonli uchburchaklardan namunalar keltirilgan.
2A-misol
PQR ning tomonlariga koʻra turini aniqlang.
Toʻgʻri keladigan barcha javoblarni tanlang:

Ushbu turdagi misollarni koʻproq bajarib koʻrmoqchimisiz? Mana bu misolni bajarib koʻring.