If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Masofani topish formulasini takrorlash

Masofani topish formulasini va undan misollar yechishda foydalanishni takrorlang.

Masofa formulasi nima?

Mazkur formula koordinata tekisligida yotgan ikkita nuqta (x1,y1) va (x2,y2) orasidagi masofani hisoblashda yordam beradi:
(x2x1)2+(y2y1)2
U Pifagor teoremasidan keltirib chiqarilgan.
Masofa formulasi haqida koʻproq maʼlumotga ega boʻlmoqchimisiz? Mana bu videoni koʻring.

Masofa formulasi yordamida qanday misollarni yecha olaman?

Tekislikda yotgan ikkita nuqtani olib, ularning orasidagi masofani topishingiz mumkin. Masalan, keling, (1,2) va (9,8) orasidagi masofani topamiz:
=(x2x1)2+(y2y1)2=(91)2+(82)2Koordinatalarni formulaga qoʻyamiz=82+62=100=10
Eʼtibor bering, biz x-koordinatalarni va y-koordinatalarni alohida guruhlashda juda eʼtiborli boʻldik va ularni aralashtirib yubormadik.

Tushunganingizni tekshiring

1-masala
(4,2) va (8,5) nuqtalar orasidagi masofa qanchaga teng?
Bitta javobni tanlang:

Ushbu turdagi misollarni koʻproq yechib koʻrmoqchimisiz? Mana bu misolni bajarib koʻring.