If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Toʻla sirt yuzi. Takrorlash

Sirt yuzasi mavzusini takrorlang va ayrim misollarni yechib koʻring.

Toʻla sirt yuzi nima?

Toʻla sirt yuzi deb uch oʻlchamli jismning barcha yonlar yuzlarining yigʻindisiga aytiladi.

Toʻla sirt yuzini topish

Toʻla sirt yuzini aniqlash uchun uch oʻlchamli jismning barcha yoqlari yuzalarining yigʻindisini topamiz.
Toʻla sirt yuzini topish haqida koʻproq maʼlumotga ega boʻlmoqchimisiz? Mana bu videoni koʻring.

Misol: Toʻg‘ri toʻrtburchakli prizma

Quyida koʻrsatilgan toʻg‘ri toʻrtburchakli prizmaning toʻla sirt yuzini toping.
Keling, toʻg‘ri toʻrtburchakli prizmaning yoyilmasini chizamiz.
Yon yoqlarining har bir tomoni 4 va 1, comma, 5 ga teng boʻlgan toʻgʻri toʻrtburchaklardan iborat.
Toʻg‘ri toʻrtburchak yuzi=boʻyen=41,5=6\begin{aligned} \text{Toʻg‘ri toʻrtburchak yuzi} &= \text{boʻy} \cdot \text{en}\\\\ &= 4 \cdot 1,5\\\\ &= {6} \\\\ \end{aligned}
Ikkala yoqning umumiy yuzi 2, dot, 6, equals, start color #11accd, 12, end color #11accd.
Prizmaning pastki va yuqori asoslari esa tomonlari 4 va 5 ga teng toʻgʻri toʻrtburchaklardan iborat.
Toʻgʻri toʻrtburchak yuzi=boʻyen=45=20\begin{aligned} \text{Toʻgʻri toʻrtburchak yuzi} &= \text{boʻy} \cdot \text{en}\\\\ &= 4 \cdot 5\\\\ &= {20} \\\\ \end{aligned}
Pastki va yuqori asoslarning umumiy yuzi 2, dot, 20, equals, start color #1fab54, 40, end color #1fab54.
Old va orqa yoqlar esa tomonlari 1, comma, 5 va 5 ga teng boʻlgan toʻgʻri toʻrtburchaklardan iborat.
Toʻgʻri toʻrtburchak yuzi=boʻyen=1,55=7,5\begin{aligned} \text{Toʻgʻri toʻrtburchak yuzi} &= \text{boʻy} \cdot \text{en}\\\\ &= 1,5 \cdot 5\\\\ &= {7,5} \\\\ \end{aligned}
Old va orqa yoqlarning umumiy yuzi 2, dot, 7, comma, 5, equals, start color #e07d10, 15, end color #e07d10.
Keling, barcha yuzlarning yigʻindisini topib toʻla sirt yuzini aniqlaymiz.
Toʻla sirt yuzi=12+40+15=67\begin{aligned} \text{Toʻla sirt yuzi} &= \blueD{12}+ \greenD{40} + \goldD{15} \\\\ &= 67\\\\ \end{aligned}
Toʻg‘ri toʻrtburchakli prizmaning toʻla sirt yuzi 67 kvadrat birlikka teng.

Misollar toʻplami

1-masala
  • Joriy
Quyida koʻrsatilgan muntazam piramidaning toʻla sirt yuzini toping.
  • Javobingiz quyidagicha boʻlishi kerak:
  • 6 kabi butun son
  • 3, slash, 5 kabi soddalashtirilga toʻgʻri kasr
  • 7, slash, 4 kabi soddalashtirilgan notoʻgʻri kasr
  • 1, space, 3, slash, 4 kabi aralash son
  • 0, point, 75 kabi aniq oʻnli kasr
  • 12, space, start text, p, i, end text yoki 2, slash, 3, space, start text, p, i, end text kabi pi ning karralisi
kvadrat birlik

Toʻla sirt yuzini topishga oid misollarni koʻproq echib koʻrmoqchimisiz? Mana bu misolni bajarib koʻring.