If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Koʻchirish haqida tushuncha

 Koʻchirishlar nima ekani va ushbu interfaol vidjetda qanday tasvirlanishini oʻrganing.
Parallel koʻchirish nimaligini tushunish uchun berilgan nuqtani turli tomonlarga siljitib koʻring.
Qoyil! Siz nuqtani parallel koʻchirdingiz. Geometriyada parallel koʻchirish orqali biror narsani yuqoriga, pastga, chapga yoki oʻngga olib oʻtish mumkin.
Bu yerda ushbu kesmani oxirgi nuqtadan emas, oʻrtasidan surib parallel koʻchirishga harakat qiling:
Surganingizda kesmaning yoʻnalishi va uzunligi oʻzgarmasdan qolganiga eʼtibor bering. Parallel koʻchirishlar jismlarni faqat bir joydan ikkinchi joyga koʻchiradi; ular jismlarning oʻlchami, joylashtirilishi yoki yoʻnalishiga taʼsir koʻrsatmaydi.
Parallel koʻchirishga oid asosiy tushunchalarni ham bilib oldik. Endi ulardan koordinata tekisligida foydalanishni oʻrganamiz.

Koordinata tekisligida parallel koʻchirish

Koordinatalar parallel koʻchirishni juda aniqlik bilan amalga oshirish imkonini beradi.
Koordinatalarsiz “biz B ni pastga va oʻngga parallel koʻchirish orqali Bni hosil qilamiz” degan boʻlardik.
Ammo bu juda aniq emas. Agar koordinatalar toʻridan foydalansak, ancha aniqroq qilib, "B ni 5 birlik oʻngga va 4 birlik pastga parallel koʻchirish orqali Bni hosil qilamiz" desak boʻladi.
Qisqa qilib, buni biz 5,4 ga parallel koʻchirish deb taʼriflashimiz mumkin.
4 raqami oldidagi manfiylik belgisi vertikal siljish yuqoriga emas pastga boʻlishini koʻrsatadi. Xuddi shu kabi parallel koʻchirish chap tomonga amalga oshirilishini birinchi qiymatning oldida turgan manfiylik belgisi koʻrsatib beradi.

Oldingi va keyingi tasvirlar

Har qanday koʻchirishimizda bizda oldingi tasvir, yaʼni biz koʻchirishni amalga oshirayotgan shakl va oʻzgartirish natijasi boʻlgan keyingi tasvir mavjud. Masalan, bizning koʻchrishimizda oldingi nuqta B va yangi hosil boʻlgan nuqta B edi.
Eʼtibor bering, biz B nuqtani B shtrix deb nomlab oldik. Koʻchirishlar bilan ishlayotganimizda yangi va oldingi shakllar uchun bir xil harf ishlatib, koʻchgan shakl oldiga shunchaki “shtrix” soʻzini qoʻshib aytish oddiy holdir.

Keling, bir nechta mavzuga oid mashqlarni bajarib koʻramiz.

1-misol

Har bir katakcha 1 ga teng
2,3 ga parallel koʻchirish orqali kesmaning proyeksiyasini chizing.

2-mashq

Har bir katakcha 1 ga teng
7,1ga koʻchirilganda aylana tasvirini chizing.

Murakkab masala

Quyidagi parallel koʻchirishlardan qaysilari C nuqtaning C nuqtaga oʻtishini koʻrsatadi?
Bitta javobni tanlang: