If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Grafik nuqtalarini koʻrib chiqish (faqat musbat sonlar)

Grafik nuqtalarini koʻrib chiqish va koordinata tekisligining 1-choragidagi  nuqtalarini aniqlash. Keyin bir nechta amaliy mashqlarni sinab koʻring. 

Koordinata tekisligida nuqtalarni belgilash

Koordinata tekisligida joylashgan nuqtalar (x,y) shaklida berilgan koordinatalar boʻyicha aniqlanadi.
x-koordinata gorizontal oʻqdagi qiymatni bildiradi.
y-koordinata esa vertikal oʻqdagi qiymatni bildiradi.
Masalan:
Koordinatalari (6,4) boʻlgan nuqtani belgilang.
(6,4) uchun x koordinatamiz 6, y koordinatamiz esa 4 ga teng.
Keling, ishni x oʻqida joylashgan 6 ni topishdan boshlaymiz:
Endi esa y oʻqida joylashgan 4 ga koʻtarilamiz va (6,4) nuqtani belgilaymiz:
Koordinata tekisligida nuqtalarni belgilash haqida koʻproq bilishni istaysizmi? Mana bu videoni koʻring.
Manfiy nuqtalarni belgilashni ham oʻrganmoqchimisiz? Mana bu maqolani koʻrib chiqing.

Misollar toʻplami 1: Nuqtalarni yasash

1A-misol
Koordinatalari (1,5) boʻlgan nuqtani belgilang.

Ushbu turdagi misollarni koʻproq bajarib koʻrmoqchimisiz? Mana bu misolni bajarib koʻring.

Nuqtalarni aniqlash

Berilgan nuqtaning koordinatalari (yoki sonlar jufti)ni aniqlash uchun koordinatalar boshi (0, 0) nuqtadan gorizontal va vertikal masofani hisoblashimiz zarur.
Masalan:
Berilgan nuqtaning sonlar juftini aniqlash uchun quyidagi koordinata tekisligidan foydalaning.
Ishni (0,0) dan x oʻqida berilgan nuqtagacha boʻlgan masofani hisoblashdan boshlaymiz:
Nuqta koordinatalar boshidan 3 birlik oʻngda joylashgan.
Keling, endi (0,0) dan y oʻqida berilgan nuqtagacha boʻlgan masofani hisoblaymiz:
Nuqta koordinatalar boshidan 1 birlik yuqorida.
Nuqtaning koordinatalari (3,1).

Misollar toʻplami 2: Nuqtalarni aniqlash

2A-misol
Quyida berilgan nuqtaning x koordinatasi nechaga teng?
  • Javobingiz quyidagicha boʻlishi kerak:
  • 6 kabi butun son
  • 3/5 kabi soddalashtirilga toʻgʻri kasr
  • 7/4 kabi soddalashtirilgan notoʻgʻri kasr
  • 1 3/4 kabi aralash son
  • 0.75 kabi aniq oʻnli kasr
  • 12 pi yoki 2/3 pi kabi pi ning karralisi

Ushbu turdagi misollarni koʻproq echishni istaysizmi? Mana bu misollarni bajarib koʻring: Koordinatalarni aniqlash
Nuqtalarni aniqlash