If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Koordinata nuqtasini tasvirlashni takrorlash

Koordinata tekisligida nuqtalarni tasvirlashni koʻrib chiqing va bir nechta amaliy mashqlarni bajaring.

Sonlar jufti

Sonlar jufti ikkita sondan hosil qilinadi. Birinchi son x koordinatani, ikkinchi son esa y koordinatani bildiradi: (x,y).
Koordinata tekisligi qismlari haqida koʻproq maʼlumotga ega boʻlmoqchimisiz? Mana bu maqolani koʻrib chiqing.

Sonlar juftini chizmada belgilash

Sonlar juftini koordinata tekisligida koʻrsatish uchun avvalo koordinatalar boshida turamiz. Keyin esa x oʻqi boʻylab oʻngga (agar x musbat boʻlsa) yoki chapga (manfiy boʻlganida) harakatlanamiz. U yerdan esa y oʻqi boʻylab yuqoriga (y musbat boʻlsa) yoki pastga (manfiy boʻlganida) harakatlanamiz.
1-misol: (6,8)
(6,8) ni belgilash uchun biz koordinatalar boshi (0,0) dan 6 birlik oʻngga siljiymiz, keyin esa u yerdan 8 birlik pastga harakatlanamiz.
2-misol: (0,9)
(0,9) nuqtani belgilash uchun biz koordinatalar boshi (0,0) dan oʻngga 0 birlik “surilamiz”, yaʼni siljimaymiz, keyin esa u yerdan 9 birlik pastga harakatlanamiz.
Koordinatalarni grafikda belgilash haqida koʻproq maʼlumotga ega boʻlmoqchimisiz? Mana bu videoni koʻring.

Mashq bajarish

1-masala
(6,8), (2,7) va (1,4) ni belgilash uchun nuqtalarni keraklicha siljiting.

Shunga oʻxshash misollardan yana yechmoqchimisiz? Mana bu misolni ishlab koʻring.