If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Toʻldiruvchi va qoʻshni burchaklar. Takrorlash

Toʻldiruvchi va qoʻshni burchaklar tushunchalarini takrorlang va amaliy mashqlarni bajaring.

Bir-birini toʻgʻri burchakka toʻldiruvchi burchaklar

Bir-birini toʻgʻri burchakka toʻldiruvchi burchaklar deb yigʻindisi 90ga teng ikkita burchakka aytiladi. Odatda ular birgalikda toʻgʻri burchak hosil qiladi.

Qoʻshni burchaklar

Qoʻshni burchaklar deb yigʻindisi 180ga teng ikkita burchakka aytiladi. Odatda ular toʻgʻri chiziqning bir tomonida yotadi.
Bir-birini toʻgʻri burchakka toʻldiruvchi va qoʻshni burchaklar haqida koʻproq maʼlumotga ega boʻlmoqchimisiz? Mana bu videoni koʻring.

Misollar toʻplami 1: Bir-birini toʻldiruvchi va qoʻshni burchaklarni aniqlash

1A-misol
AXY va YXB oʻrtasida qayday bogʻliqlik bor?
Rasmda toʻgʻri koʻringan barcha boʻlaklar aslida ham toʻgʻri.
Bitta javobni tanlang:

Ushbu turdagi misollarni koʻproq bajarishni xohlaysizmi? Mana bu misolni echishga urinib koʻring.

Misollar toʻplami 2: Nomaʼlum burchakning kattaligini topish

2A-misol
Agar AOC toʻgʻri burchak boʻlsa va AOB=79 boʻlsa, BOC nechaga teng?
Eslatma: Rasmdagi burchaklarning masshtabi aslidan farq qilishi mumkin.
  • Javobingiz quyidagicha boʻlishi kerak:
  • 6 kabi butun son
  • 3/5 kabi soddalashtirilga toʻgʻri kasr
  • 7/4 kabi soddalashtirilgan notoʻgʻri kasr
  • 1 3/4 kabi aralash son
  • 0.75 kabi aniq oʻnli kasr
  • 12 pi yoki 2/3 pi kabi pi ning karralisi

Ushbu turdagi misollarni koʻproq bajarishni xohlaysizmi? Mana bu misolni bajarib koʻring.