Asosiy kontent
Geometriya asoslari
Course: Geometriya asoslari > Unit 2
Lesson 4: Burchak turlariBurchak turlari. Takrorlash
Quyidagi burchak turlarini takrorlang: oʻtkir, toʻgʻri, oʻtmas va yoyiq.
Amaliy mashqlarda burchak turlarini aniqlang va chizing.
Burchaklar kattaligi haqida qisqacha xulosa
Burchak turi | Burchak kattaligi (gradusda) |
---|---|
Oʻtkir | 0, degrees va 90, degrees orasida |
Toʻgʻri | Faqat 90, degrees |
Oʻtmas | 90, degrees va 180, degreesorasida |
Yoyiq | Faqat 180, degrees |
Toʻgʻri burchak
Toʻgʻri burchak deb gradus oʻlchovi 90, degreesga teng burchakka aytiladi. Toʻgʻri burchak toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi varaqning burchagi kabi mukammal burchak shaklida boʻladi. Quyida toʻgʻri burchakka namuna keltirilgan.
Yoyiq burchak
Yoyiq burchak deb gradus oʻlchovi 180, degreesga teng burchakka aytiladi. Yoyiq burchak toʻgʻri chiziq koʻrinishida boʻladi. Quyida yoyiq burchakka namuna keltirilgan.
Oʻtkir burchak
Oʻtkir burchak deb gradus oʻlchovi 90, degreesdan kichik boʻlgan burchakka aytiladi. Quyida oʻtkir burchakka namuna keltirilgan.
Oʻtkir burchakni start color #11accd, start text, t, o, ʻ, g, ʻ, r, i, space, b, u, r, c, h, a, k, end text, end color #11accd bilan taqqoslasak, oʻtkir burchak 90, degreesdan kichik ekanini koʻrishimiz mumkin.
Oʻtmas burchak
Oʻtmas burchak deb, gradus oʻlchovi 90, degreesdan katta, ammo 180, degreesdan kichik boʻlgan burchakka aytiladi. Quyida oʻtmas burchakka namuna keltirilgan.
Oʻtmas burchakni start color #11accd, start text, t, o, ʻ, g, ʻ, r, i, space, b, u, r, c, h, a, k, end text, end color #11accd bilan taqqoslasak, oʻtmas burchak 90, degreesdan katta ekanini koʻrishimiz mumkin.
Oʻtmas burchakni start color #1fab54, start text, y, o, y, i, q, space, b, u, r, c, h, a, k, end text, end color #1fab54 bilan taqqoslasak, oʻtmas burchak 180, degreesdan kichik ekanini koʻrish mumkin.
Burchak turlari haqida koʻproq maʼlumotga ega boʻlmoqchimisiz? Mana bu videoni tomosho qiling.
Misollar toʻplami 1: Burchaklarning turini aniqlash
Ushbu turdagi misollarni koʻproq bajarishni istaysizmi? Mana bu misolni bajarib koʻring.
Misollar toʻplami 2: Burchaklar chizma va rasmlarda
Ushbu turdagi misollarni koʻproq bajarib koʻrmoqchimisiz? Mana bu misolni bajarib koʻring.
Misollar toʻplami 3: Burchak turlarini chizish
Ushbu turdagi misollardan koʻproq bajarishni istaysizmi? Mana bu misolni bajarib koʻring.
Muhokamaga qoʻshilmoqchimisiz?
- 360 burchak ham boladimi(2 ta ovoz)
- 0 gradusli burchak bo'lganidek, 360 gradusli burchak ham bo'ladi(1 ta ovoz)