If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Manfiy sonlar mavzusiga kirish

Manfiy sonlar nimaligini va ularni son oʻqida joylashtirishni oʻrganing.
Bu yerda bizga yaxshi tanish boʻlgan sonlar oʻqi keltirilgan. U 0 dan boshlanadi va 1 ga ortib boradi.
Maʼlumki, agar biz oʻng tarafga yurishda davom etsak, 11, keyin 12 va hokazoga ega boʻlamiz.
Agar biz 0 dan chap tarafga yurishni davom ettirsak, nima sodir boʻladi? Manfiy sonlarni olamiz! 0 ning chap tomonida 1, keyin 2, undan keyin 3 va hokazo:

Keling, mashq bajaramiz!

1A-misol
Nuqtani 4 ga siljiting.

Nima uchun bizga manfiy sonlar kerak?

Manfiy sonlar bizga noldan kichik boʻlgan qiymatlarni taʼriflashga yordam beradi.

Misol:

Agar harorat 0 dan pastdagi 8 boʻlsa, u 0 dan kam boʻladi. Demak, biz haroratni 8 deb ayta olamiz.

Manfiy sonlarga oid yana bir nechta holatlar

2A-misol
Bank omonatlarni ifodalash uchun musbat sonlardan foydalansa, bank hisob raqamidan olingan pul mablagʻlarini ifodalash uchun esa manfiy sonlardan foydalanadi.
Bank hisobraqamdan 19,43 dollar yechib olinishini qanday ifodalaydi?
Bitta javobni tanlang: