If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Burchak koeffitsiyenti va bir nuqtasi berilgan toʻgʻri chiziq tenglamasi mavzusini takrorlash

Burchak koeffitsiyenti va bir nuqtasi berilgan toʻgʻri chiziq tenglamasi mavzusiga oid misollar yechishni mustahkamlash

Burchak koeffitsiyentini topish formulasi nima?

Burchak koeffitsiyentini topish formulasi bu chiziqli tenglamaning ikki nomaʼlumli maxsus koʻrinishi:
yb=m(xa)
Agar tenglama shu koʻrinishda berilgan boʻlsa, u holda chiziqning burchak koeffitsiyenti m boʻlib, (a,b) esa chiziqni kesuvchi nuqta koordinatalaridir.
Bu formula chiziqli funksiya tenglamasidan olindi.
Burchak koeffitsiyentini topish formulasi haqida batafsil oʻrganishni istaysizmi? Unda bu video ni koʻring.

Nuqtalari va grafigiga koʻra burchak koeffitsiyentini topish tenglamasini aniqlash

1-misol: Burchak koeffitsiyenti va nuqtadan tenglama tuzish

(1,5) nuqtadan oʻtuvchi va burchak koeffitsiyenti 2 boʻlgan chiziq tenglamasini topishga urinib koʻramiz. Biz, oddiygina, m=2 ni, a=1 va b=5 ni formulaga qoʻyamiz!
y5=2(x1)

2-misol: Ikki nuqtadan tenglama

Tasavvur qilaylik, (1,4) va (6,19) nuqtalardan oʻtuvchi chiziqni topmoqchimiz. Dastlab burchak koeffitsiyentini topish uchun ikki nuqtadan foydalanamiz:
Burchak koeffitsiyenti=19461 =155=3
Endi nuqtalarning biridan foydalanamiz, keling, (1,4) ni olamiz va burchak koeffitsiyentini topish tenglamasini hosil qilamiz:
y4=3(x1)
1-masala
Burchak koeffitsiyenti 2 boʻlgan, (7,3) nuqtani kesib oʻtuvchi burchak koeffitsiyentini topish chiziqli tenglamasini tuzing.

Shu kabi misollarni koʻproq mashq qilishni istaysizmi? Unda bu misol ni yeching.

Burchak koeffitsiyentini topish tenglamasidan funksiyani topish va grafigini chizish

Agar biz burchak koeffitsiyentini topish chiziqli tenglamasiga ega boʻlsak, biz mos keladigan chiziqning burchak koeffitsiyentini va u oʻtadigan nuqtani tezda topamiz. Bundan tashqari, bu, uning grafigini chizish imkonini ham beradi.
y1=2(x3) tenglamasini olsak. Unga mos keluvchi chiziq (3,1) orqali oʻtadi va uning burchak koeffitsiyenti 2 ga teng. Endi chiziqni koordinata tekisligida chizamiz.
1-masala
y5=4(x8) chiziqli tenglamaning burchak koeffitsiyenti nechaga teng?
  • Javobingiz quyidagicha boʻlishi kerak:
  • 6 kabi butun son
  • 3/5 kabi soddalashtirilga toʻgʻri kasr
  • 7/4 kabi soddalashtirilgan notoʻgʻri kasr
  • 1 3/4 kabi aralash son
  • 0.75 kabi aniq oʻnli kasr
  • 12 pi yoki 2/3 pi kabi pi ning karralisi
Chiziq qaysi nuqtalarni kesib oʻtadi?
Bitta javobni tanlang: