Asosiy kontent
Algebra I
Course: Algebra I > Unit 8
Lesson 1: Arifmetik progressiya mavzusiga kirish- Ketma-ketliklar (progressiya) mavzusiga kirish
- Arifmetik progressiya mavzusiga kirish
- Arifmetik progressiya mavzusiga kirish
- Arifmetik progressiyani davom ettirish
- Arifmetik progressiyalarni davom ettirish
- Arifmetik progressiya formulalarini qoʻllash
- Arifmetik progressiya formulalari mavzusiga kirish
- Arifmetik progressiyaga oid formulalarni qoʻllash
© 2023 Khan AcademyFoydalanish shartlariMaxfiylik siyosatiCookie Notice
Arifmetik progressiya mavzusiga kirish
Umuman olganda, ketma-ketliklar bilan ishlayotganingizda oʻzingizga ishoning va arifmetik progressiya nimaligini oʻrganing.
Bu darsni boshlashdan oldin, manfiy sonlarni qoʻshish va ayirish mavzusini tamomlaganingizga amin boʻling.
Progressiya nima?
Quyida sonli qatorlar keltirilgan:
- 3, 5, 7 ...
- 21, 16, 11, 6 ...
- 1, 2, 4, 8 ...
Bu kabi tartiblangan sonli qator progressiya deyiladi. Progressiyadagi har bir son had deb ataladi.
Odatda progressiyalarda keyingi hadni aniqlash uchun namuna boʻladi.
Masalan, 3, 5, 7 ... progressiyada keyingi hadni topish uchun doimo ikki qoʻshiladi:
Progressiya oxirida kelgan uch nuqta, biz bir nechta hadni koʻrib turgan boʻlsakda, progressiyani yana kengaytirish mumkinligini bildiradi.
Progressiya oxirida kelgan uch nuqta, biz bir nechta hadni koʻrib turgan boʻlsak-da, progressiyani yana kengaytirish mumkinligini bildiradi.
Masalan, progressiyaning toʻrtinchi hadi toʻqqiz, beshinchi hadi esa 11 boʻlishi kerak.
Tushunganingizni tekshiring
Ketma-ketliklarni uning qonuniyatiga qarab davom ettiring.
Arifmetik progressiya nima?
Yuqoridagi progressiyalarning aksariyatida, yaʼni namunalarda keyingi hadni topish uchun qoʻshish yoki ayirish amalini bajarish kerak edi. Bunday namunali progressiyalar arifmetik progressiya deb ataladi.
Arifmetik progressiyada ixtiyoriy ketma-ket hadlar orasidagi farq doimo oʻzgarmasdir.
Misol uchun, 3, 5, 7, 9 ... progressiya arifmetik progressiyadir. Chunki ketma-ket hadlar orasidagi farq doimo ikkiga teng.
21, 16, 11, 6 ... progressiya ham arifmetik progressiya boʻladi, chunki, ketma-ket hadlar orasidagi farq doimo beshga teng.
1, 2, 4, 8 ... progressiya arifmetik progressiya emas, chunki ketma-ket hadlar orasidagi farq doim ham bir xil emas.
Tushunganingizni tekshiring
Arifmetik progressiya ayirmasi
Arifmetik progressiyaning ayirmasi uning ketma-ket hadlari orasidagi farqdir.
Masalan, 10, 21, 32, 43 ... progressiyaning ayirmasi 11:
–2, –5, –8, –11 ... progressiyaning ayirmasi manfiy uchga teng:
Tushunganingizni tekshiring
Keyingisi nima?
Progressiyaning istalgan hadini topish imkonini beruvchi arifmetik progressiyaga oid formulalar ni oʻrganing.
Muhokamaga qoʻshilmoqchimisiz?
Hozircha izohlar yoʻq.