Asosiy kontent
Algebra I
Course: Algebra I > Unit 1
Lesson 5: Algebraik ifodalarni yozish mavzusiga kirish- Oʻzgaruvchilarni oʻz ichiga olgan sodda ifodalarning yozilishi
- Oʻzgaruvchilarni oʻz ichiga olgan sodda ifodalarning yozilishi
- Oʻzgaruvchilarni oʻz ichiga olgan ifodalarni yozish
- Oʻzgaruvchilarni oʻz ichiga olgan ifodalarni yozish
- Oʻzgaruvchilarni va qavslarni oʻz ichiga olgan ifodalarni yozish
© 2023 Khan AcademyFoydalanish shartlariMaxfiylik siyosatiCookie Notice
Oʻzgaruvchilarni oʻz ichiga olgan sodda ifodalarning yozilishi
“3 soni x dan katta” va shunga oʻxshash gaplar uchun mos ifodalarni yozishni oʻrganing.
Narsalarni soʻz bilan ifodalay olsak, matematika bizga nega kerak?
Algebraik ifodalar bizga ifodadagi oʻzgaruvchining istalgan qiymatlarida berilgan ifoda qiymatini topish imkonini beradi.
Matematikada baʼzida ifodani soʻz orqali ifodalaymiz. Masalan,
“beshdan ikkita koʻp”
iborasi algebraik ifoda koʻrinishida yozilishi mumkin.
5, plus, 2.
Xuddi shunday oʻzgaruvchilari boʻlgan ifodani soʻzlar yordamida tushuntirayotganimizda algebraik ifodani, yaʼni oʻzgaruvchili ifodani tasvirlayotgan boʻlamiz.
Masalan:
“x dan uchta koʻp”
iborasi algebraik ifoda koʻrinishida yozilishi mumkin.
x, plus, 3.
Ammo nega bunday boʻlyapti? Narsalarni soʻz bilan ifodalay olsak, matematika bizga nega kerak? Eng asosiy sabab, matematika yordamida ishlash soʻzlar bilan ishlashga nisbatan aniqroq va osonroqdir. Algebrani chuqurroq oʻrganishimiz davomida bu savolga koʻproq javob olasiz.
Qoʻshish, ayirish, koʻpaytirish va boʻlish amallarini soʻz bilan ifodalash
Quyidagi jadvalda har bir amal uchun koʻp qoʻllanadigan soʻzlar keltirilgan:
Amallar | Soʻzlar | Namunaviy algebraik ifoda |
---|---|---|
Qoʻshish | Qoʻshish, yigʻindi, -ga koʻp, -ga oshirilgan | x, plus, 3 |
Ayirish | Ayirilgan, minus, ayirma, -ga kam, -ga kamaytirilgan | p, minus, 6 |
Koʻpaytirish | Karra, koʻpaytma | 8, k |
Boʻlish | Boʻlingan, boʻlinma | a, divided by, 9 |
Masalan, koʻpaytma soʻzi koʻpaytirish amalini qoʻllash kerakligini bildiradi. Demak,
“sakkiz va k ning koʻpaytmasi”ning
algebraik ifoda koʻrinishi
8, k dir.
Keling, chalgʻituvchi misolda qarab koʻramiz:
“yettiga kamaytirilgan m” uchun ifoda yozing.
“-ga kamaytirilgan” degani ayirish amalini qoʻllash kerakligini bildiradi.
Demak, ifoda m, minus, 7 boʻladi.
Mashqlarni yechamiz!
Muhokamaga qoʻshilmoqchimisiz?
Hozircha izohlar yoʻq.