If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Rivojlanayotgan tadqiqotlarning natijalariga koʻra, Khan Academyʼning shaxsiylashtirilgan mahorat darslari oʻrganish natijalariga yaxshi taʼsir oʻtkazar ekan.

Oʻzlashtirish natijalari odatdagi oʻsishdan yuqori.

LBUSD

Khan Academyʼ oʻquvchilari kutilganidan yaxshiroq natijalarga erishmoqdalar.

Janubiy Kaliforniyadagi Long Beach Unified davlat maktabi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadqiqotlarga koʻra, 5,348 nafar oʻrta maktab oʻquvchilari haftasiga bir dars Khan Academyʼdan foydalanishdi. Aqlli matematik baholash metodikasiga koʻra platformadan foydalangan oʻquvchilar boshqalarga nisbatan 22 ball yuqori natija koʻrsatgan. Bu esa tumandagi boshqa Khan Academyʼdan foydalanmagan maktablarga nisbatan ikki baravar yuqori degani.

Toʻliq taʼlim
FSG

Khan Academyʼda maktab matematikasi bosqichini 60 foizga tamomlagan oʻquvchilar, keng tarqalgan NWEEA MAP oʻsishni baholash testidan tengdoshlariga nisbatan 1.8 martaga yuqori natijalarni koʻrsatishgan.

2013-14 - oʻquv yilida FSG tomonidan Aydaxo shtatida 173 oʻqituvchi va 10500 oʻquvchi ishtirokida Khan Akademyʼning sinov loyihasi oʻtkazildi.

Toʻliq taʼlim
SRI International

Khan Academyʼdan foydalanish kutilganidan koʻra yuqori natija beradi. Matematikani oʻrganishga boʻlgan ishonchsizlikni yoʻqotib, matematik qobilyatga boʻlgan ishonchni oʻstiradi.

SRI xalqaro tadqiqotchilari 2012-13-yillar davomida 20 ta jamoat, xususiy va ixtisoslashgan maktablarda 70 ta oʻqituvchi hamda 2000 dan ziyod oʻquvchilar ishtirokida tadqiqot oʻtkazdi.

Toʻliq taʼlim

“Xan Akademiyasi oʻquvchilarning xatolarini koʻrsatib berishini yoqtiraman. Bu menga matnda kelayotgan soʻzlarning aniq maʼnosini tushinishga; xatolarimni yoʻqotishimga yordam berdi. PSAT/NMSQT testlarini topshirib yaxshi natija olishga shubha qilardim, ammo oʻqituvchilarim Xan Akademiyasini koʻrsatishgandan keyin men buni uddaladim. Agar Xan Akademiyasi boʻlmaganda men buni bajara olmasdim. Bu shunchaki super!”

- Tatyana Floridalik. Orlandodagi Oak Ridge yuqori maktabining bitiruvchisi.
Notebookda Xan akademiyasi saytining hamda kitoblar va olma bilan tasviri.

SAT Rasmiy tayyorlov kurslaridan foydalangan oʻquvchilar SAT testlarini topshirganda yuqori koʻrsatgichlarga erishgan.

Rasmiy SAT testiga tayyorgarlik kursi

SAT natijalari kutilganidan 1,5 barobarga oshib, boshqalardan 30 ball yuqorilaydi

2017-yilda, Khan Academyʼ hamda SAT testini tuzuvchi Kollej Board tashkiloti SAT va PSAT/NMSQT testlarini topshirgan 250 ming oʻquvchi ishtirokida tadqiqot oʻtkazdi. Tadqiqot natijalariga koʻra SAT testlariga tayyorlanish uchun Khan Academyʼdan haftasiga 6-8 soat foydalangan oʻquvchilar har ikkala PSAT/NMSQT va SAT testlaridan 90 balldan yigʻishgan. Taqqoslash uchun: khan Academyʼdan foydalanmagan oʻquvchilar esa 60 ball yigʻishgan.

Toʻliq taʼlim
Bir necha variantli testning kitob hamda ruchka bilan tasviri.

Khan Academy AQSHlik oʻqituvchilar va oʻquvchilar foydalandigan ishonchli online taʼlim platformasi.

90%
oʻquvchi hamda oʻqituvchilarning takidlashicha Khan Academy boshqa online taʼlim platformalariga nisbatan samaraliroq hamda ishonchliroq manba ekan.
85%
universitet birinchi bosqich talabalarining takidlashicha Khan Academy universitetga tayyorlanish uchun katta yordam bergan.
88%
oʻqituvchilarning takidlashicha Khan Academy eng ishonchli manba ekan.
Manba: 2018-yil ConStat U.S tashkilotining 1,503 nafar ishtirokchi orasida oʻtkazgan tadqiqoti

“Ota-onamdan uyga vazifalarni bajarishga yordam soʻrash imkoni boʻlmaganda Xan Akademiyasining video darslaridan foydalanaman. Xan Akademiyasi mening ota-onam yollamagan xususiy repititorim. Biror narsa oʻrganishni istasam Xan Akademiyasidan yangi kurslar qidiraman”

— STENFORD UNIVERSITETINING "BIRINCHI QALDIRGʻOCH" TALABALARI

Khan Academyʼdan foydalanadigan talabalar matematika kurslaridan yuqori natijaga erishganlar.

YANGI INGLIZ OLIY TAʼLIM KENGASHI

Khan Academyning mashq uchun testlari hamda mahorat darslari oliygoh talabalari uchun “Aksplacer algebra” testlaridan yuqori koʻrsatgichlarga erishishga yordam beadi.

Yangi Ingliz Oliy Taʼlim Kengashi ikki yil davomida 5 ta shtatning 12 ta jamoat kollejida 1,226 ta talaba ishtirokida Xan Akademiyasining matematika kurslarini oʻrganish boʻyicha tadqiqot oʻtkazdi.

Toʻliq taʼlim

Mamlakatlar miqiyosidagi natijalar

Dunyo xaritasi va kitoblar tasviri.
RAQAMLI

Khan Academyʼning El Salvadorda matematika fanidan maktab oʻquv darsliklariga qoʻshib oʻrganilishi yuqori natijalarni qayd etdi.

Bern universiteti va Shveytsariyaning Consciente notijorat birlashmasining tadqiqotchilari 3500 ga yaqin boshlangʻich sinf oʻquvchilari va ularning oʻqituvchilari ishtirokida oʻtkazilgan tasodifiy nazorat sinovida Khan Academyʼning taʼsirini baholash uchun birlashdilar.

Toʻliq taʼlim
MANUAS

Khan Academyʼdan foydalangan guruhlar matematika fanidan boshqalariga qaraganda yuqoriroq natijaga erishgan. Khan Academyʼdan foydalangan oʻquvchilar anʼanaviy oʻqitish metodikasidan koʻra ikki baravar yuqori natija koʻrsatgan. Matematika fanini oʻzlashtirish esa 10 foizga yuqorilagan.

MANAUS, mustaqil tadqiqotlar tashkiloti, 2015-yilda Guatemalaning Sakatepek shahrida 206 nafar oʻqituvchi hamda 2,356 nafar oʻquvchi ustida Khan Academyʼdan foydalanish samaradorligini baholash testini oʻtkazdi.

Toʻliq taʼlim
RAQAMLI

Khan Academyʼdan foydalanib 5-sinf oʻquvchilari orasida matematika kurslarini oʻqitgan guruhlar boshqalariga nisbatan 30% yuqori natijaga erishgan.

“The Lemann Foundation” tashkiloti Brazilyada 2015-yil 143 ta maktabda oʻqituvchilarning Khan Academy online taʼlim platformasidan foydalanishini qoʻllab-quvvatlagan.

Toʻliq taʼlim
RAQAMLI

Shri Lankada matematika fanini oʻrganayotganlar Khan Academyʼdan foydalanishadi. Bu esa standartlashtirilgan matematikani bahoash testidan sezilarli darajada yuqori (.20 ES) ball olishga yordamlashgan.

Mustaqil tadqiqotlar instituti Shri Lankada 632 nafar 9-sinf oʻquvchilari orasida tadqiqot oʻtkazgan. 2014-oʻquv yili davomida oʻquvchilar Khan Academyʼning video darslaridan sinflarda foydalanishgan.

Toʻliq taʼlim

Xan Akademiyasi oʻquvchilaringizning natijalarini taqdim etishda yordam berishini xohlaysizmi?

Aʼzo boʻlish